Papua-Yangi Gvineyada ko‘chki qurbonlari soni 300 nafardan oshdi
![Papua-Yangi Gvineyada ko‘chki qurbonlari soni 300 nafardan oshdi](https://static.xabaruz.com/crop/9/7/920__95_972885570.jpg)
Papua-Yangi Gvineya shimolida yuz bergan ko‘chki qurbonlari soni 300 nafardan oshdi, deya xabar berdi Papua New Guinea Post Courier gazetasi.
Mamlakat poytaxti Port-Morsbidan 600 km olisda joylashgan Enga provinsiyasidagi Kaokalam qishlog‘ida 24-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 3:00 lar atrofida tuproq va toshlar o‘pirilishi sodir bo‘lgan. Ko‘chki oqibatida 1182 ta uy vayron bo‘lgan.
![](https://xabar.uz/static/uploads/72/3ueETBBqg4DJSJrEzXS4QIBMorQwt8_n.png)
Reuters Avstraliya tashqi ishlar va savdo vazirligiga asoslanib yozishicha, ko‘chkidan kamida oltita qishloq jabr ko‘rgan. Ko‘chki katta yo‘lni to‘sib qo‘ygani uchun qidiruv-qutqaruv ishlari qiyinlashgan, hodisa joyiga faqat vertolyotlarda borish mumkin.
![](https://xabar.uz/static/uploads/72/WQz-vrQo1CI0NY5X8NjLwy-2bcOqID4C.png)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter