Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘tir. Ikki!!» Ukraina ta’lim vazirining imlo xatolari ijtimoiy tarmoqlarni «portlatmoqda»

«O‘tir. Ikki!!» Ukraina ta’lim vazirining imlo xatolari ijtimoiy tarmoqlarni «portlatmoqda»

Foto: «24 Kanal»

Endigina Ukraina ta’lim vaziri sifatida ish boshlagan Anna Novosad shu zahotiyoq jamoatchilik tanqidiga duchor bo‘ldi. Ta’lim vaziri internetga joylagan ilk matndan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari juda ko‘p imlo xatolarini topishdi.

Novosad aslida hukumat o‘ziga bildirgan ishonchga minnatdorlik bildirish va aholini bajarilajak ishlardan boxabar qilmoqchi edi. Nima bo‘ldi oxiri? Savodsizlikda va ona tilini yaxshi bilmaslikda ayblashga tushib ketishdi.

Izoh qoldiruvchilar Anna Novosad qoldirgan matnni vergullar bilan «boyitishdi, ayrim so‘zlarning kelishiklarini to‘g‘rilashdi, butun boshli iboralarni boshqasiga almashtirishdi.

«Bitta maqolada shuncha xato... Siz rostdan ham Ta’lim vazirimisiz? Shundoq ham sifatsiz ta’lim tizimimiz uchun qo‘rqqulik», — deb yozadi Oleg Chuvayev «Facebook»dagi postga munosabatida.

«O‘h-hu! Yangi ta’lim vaziri ukrain tili imlo kurslariga darhol yozilishi kerakka o‘xshaydi», — deya kinoya qiladi Nadia Kalyuzhna.

Hammasidan Vladlen Nureyevning izohi oshib tushdi, u xatolari qalamda tuzatilgan matn suratini ilova qilib, «O‘tir. IKKI!!», — deya yozuv qoldirdi.

Xullas, bunaqa izohlar juda ko‘p va yangi ta’lim vazirining «savodi» ijtimoiy tarmoqlarni portlatishda davom etmoqda.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring