Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar bevaqt o‘limning yangi alomatini aniqlashdi

Olimlar bevaqt o‘limning yangi alomatini aniqlashdi

Foto: «22century.ru»

AQShdagi Garvard tibbiyot maktabi olimlarining o‘rganishicha, demensiya va epilepsiya bilan bog‘liq miyadagi neyronlarning ortiqcha faolligi qarish hamda bevaqt hayotdan ko‘z yumishga ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda «Lenta» xabar berdi.

Tadqiqotchilar 60 yoshdan 100 yoshgacha bo‘lgan odamlarning miya to‘qimalaridagi genlarni tahlil qilishdi. Buni qarangki, 60 – 80 yoshlarda vafot etganlarga nisbatan uzoq umr ko‘rgan odamlarda asabiy hayajonlanish bilan bog‘liq genlar faolligi sustroq kechgan. DNK faolligi genlar ekspressiyasi chog‘ida sintezlanadigan RNK-molekulalar — transkriptlar soniga ko‘ra hisoblangan.

Nematod va genetik modifikatsiyalangan sichqonlar ustida o‘tkazilgan qo‘shimcha tajribalar, shuningdek, uzoq umr ko‘ruvchilarning miya to‘qimalari tahlili asabiy hayajonlanish bilan umr ko‘rish darajasi o‘rtasidagi o‘zgarishlarni namoyish etdi. Bunda «REST» oqsili hal qiluvchi rol o‘ynaydi. U neyronlarning ortiqcha faolligini bosadi. Ushbu oqsilni bloklash erta o‘lim xavfini oshiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring