Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyo bo‘ylab norozilik namoyishlari avj oldi (foto)

Dunyo bo‘ylab norozilik namoyishlari avj oldi (foto)

Livanning Bayrut shahrida namoyishchi AQSh elchixonasi yaqinidagi yonayotgan binoga tosh otmoqda.

Foto: DPA / Global Look Press

G‘azodagi shifoxonaga uyushtirilgan hujum yuzasidan Turkiya, Livan va boshqa mamlakatlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

17 oktabr kuni G‘azo sektoridagi «Al-Ahli» baptistlar kasalxonasiga zarba berildi. Kamida 800 kishi halok bo‘ldi. HAMAS hujumda Isroilni, Isroil esa «Islomiy jihod»ni aybladi.

Dunyo hamjamiyati ushbu hujumni «dahshatli harbiy qirg‘in» va «insoniyat uchun sharmandalik» deb baholamoqda.

O‘zbekiston ham «bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz va buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblaymiz», deb bayonot berdi.

Kasalxonaga qilingan hujum butun dunyoda noroziliklarni keltirib chiqardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring