Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nihoyat, saratonga qarshi vaksina yaratildi

Nihoyat, saratonga qarshi vaksina yaratildi

Foto: «Bolshaya Aziya»

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, yangi kashfiyot saraton o‘smalariga an’anaviy ta’sir o‘tkazuvchi usul — kimyoterapiyaga zarurat qoldirmaydi. «Rambler»ning yozishicha, innovatsion preparat melanomadan butunlay qutulishga yordam beradi hamda kelgusida onkokasalliklar rivojlanishiga chek qo‘yadi. Vaksina besh yil davomida yaratildi. Ekspertlarning aytishicha, dorivor modda xavfli o‘smalarga yengil ta’sir o‘tkazadi va bemorning kundalik turmush tarziga xalaqit bermaydi.

Ayni vaqtda vaksina samaradorligi kemiruvchilar ustida o‘tkazilgan tajribalarda o‘z tasdig‘ini topdi. Tadqiqotchilar yaqin 5 — 10 yilda melanomadan qiynalayotgan odamlarda klinik sinov o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Agar sinovlar ijobiy yakunlansa, preparat sotuvga chiqariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring