Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nigerda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari nomiga quduq qazildi

Nigerda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari nomiga quduq qazildi

Afrika qit’asining Niger davlatida yangi qazilgan quduqqa o‘zbekistonlik mashhur ulamo shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining nomi berildi.

Bu haqda «Islom.uz» portali xabar bermoqda. Hozirda aholi ushbu quduq suvidan foydalanmoqda.

Aholisining 90 foizi musulmonlardan iborat bo‘lgan Niger davlati, Afrikaning janubi-g‘arbiy qismida, Sahroi Kabir mintaqasida joylashgan. Uzoq yillardan buyon mamlakat xalqining katta qismi suvsizlikdan aziyat chekib keladi.

Ushbu xayrli ish tashabbuschilari Moskvada faoliyat yuritadigan «Islamnyus» tashkiloti vakillari ekani alohida ta’kidlanadi xabarda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring