Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Netanyaxu poraxo‘rmi yo firibgar? Isroil tarixida birinchi marta amaldagi bosh vazir sud qilinadi

Netanyaxu poraxo‘rmi yo firibgar? Isroil tarixida birinchi marta amaldagi bosh vazir sud qilinadi

Foto: «Regnum»

Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyaxu ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlanyapti, deya xabar berdi «Euronews».

Netanyaxu yakshanba kuni yangi koalitsion hukumatning ilk majlisini o‘tkazdi. Oliy sud, qator muddatdan tashqari saylovlardan keyin g‘alaba qozongan Netanyaxuga, jinoiy ishga qaramasdan, yana oliy rahbarlik lavozimini egallashiga ruxsat bergandi.

Firibgarlik, korrupsiya, poraxo‘rlik

Netanyaxuga juda ko‘p ayblovlar qo‘yilyapti: firibgarlik, korrupsiya, poraxo‘rlik. Prokuratura talqiniga ko‘ra, Netanyaxu aloqa vaziri bo‘lib ishlagan chog‘ida OAVda o‘zining foydasiga chiqishlar uyushtirib bergan «Bezek» telekommunikatsiya kompaniyasiga imtiyozlar tuhfa qilgan, bundan tashqari, tadbirkorlardan qimmatbaho sovg‘alar va noqonuniy xayriyalar olib turgan.

Tabiiyki, bosh vazir Netanyaxu yuqoridagilarni inkor etyapti. O‘tgan saylovlarda «Netanyaxu ishi» saylov kampaniyasining bosh mavzularidan biriga aylangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring