Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NATO bosh kotibining Kavkaz respublikalariga tashrifi boshlandi

NATO bosh kotibining Kavkaz respublikalariga tashrifi boshlandi

Foto: Azertag.az

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga keldi.

Ozarbayjondan so‘ng, Stoltenberg Gruziya va Armanistonga borishi aytilmoqda.

Stoltenberg Ozarbayjonda rasmiy shaxslar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazishi, ushbu mamlakat va NATO o‘rtasida hamkorlik masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.

Foto: Azerbaycan24

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida u iqlim o‘zgarishi muammolarini tilga olib, bu yil ushbu mamlakat mezbonlik qiladigan COP29 (BMTning iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha 29-konferensiyasi)ning ahamiyatiga to‘xtaldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring