Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qonxo‘r maxluqlarni o‘ldiruvchi qurol-yarog‘lar sotuvga qo‘yildi

Qonxo‘r maxluqlarni o‘ldiruvchi qurol-yarog‘lar sotuvga qo‘yildi

Foto: «SyfyWire»

Londonda antikvar buyumlar savdosiga ixtisoslashgan auksionda vampirlarni o‘ldirishga mo‘ljallangan XIX asrga oid jamlanma sotuvga qo‘yildi, deya xabar berdi «SyfyWire».

Nashrning ma’lum qilishicha, mazkur buyum qonxo‘r maxluqlarning borligiga chindan ham ishongan odamlar tomonidan ishlab chiqilgan. Nima bo‘lganda ham, o‘tgan asrda vampirlar haqidagi hikoyalar odamlar orasida keng tarqalgan. 1819-yilda ingliz yozuvchisi Jon Polidorining «Vampir» novellasi, keyin esa 1897-yilda Brem Stokerning afsonaviy «Drakula» romani chop etilgan.

Ishlab chiqaruvchilar vampirlarni o‘ldirish uchun zarur bo‘lgan barcha buyumlarni yog‘och qutiga joylashgan. U yerda Masih tasvirlangan ikona, duolar to‘plami, fil suyagidan tayyorlangan bo‘ri haykali, to‘pponcha, ko‘k suyuqlikli flakon (tarkibi noma’lum), yana uchta shisha idish, tasbeh, chormix, qisqich, cho‘ntak pichog‘i va kumush tig‘. Sarimsoqni, aftidan, alohida sotib olishga to‘g‘ri keladi.

Jamlanmaning boshlang‘ich bahosi 2,5 — 3,7 ming dollarni tashkil etadi. Savdo 21-iyulgacha davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring