Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada o‘zbekistonliklar ishtirokida janjal yuz berdi

Moskvada o‘zbekistonliklar ishtirokida janjal yuz berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlari o‘rtasida mushtlashuv yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 16-noyabr kuni Moskva shahrining Sviblovo tumanida joylashgan «Afi Tower» ko‘p qavatli uy qurilishi maydonida 35-40 nafar fuqaro ishtirokida janjal yuz bergan.

Sviblovo tumani ichki ishlar bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yuz bergan ommaviy mushtlashuv oshxonaga kirish uchun navbatda turgan ishchilar va umumiy navbatni chetlab o‘tib, oshxonaga kirishga uringanlar o‘rtasidagi og‘zaki janjal sabab yuz bergan.

Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 213-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ish qo‘zg‘atilib, fuqarolarning 6 nafari jinoiy, 3 nafari mamlakatdan majburiy chiqarib yuborish shaklida ma’muriy, boshqalari ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagani sababli jarima shaklida ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Voqea sodir bo‘lgan paytda ikki nafar shaxs tan jarohati olgani va «Tez yordam» mashinasida olib ketilgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring