Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvada ombordan 120 mingta tibbiy niqob o‘g‘irlab ketildi

Moskvada ombordan 120 mingta tibbiy niqob o‘g‘irlab ketildi

Moskva shahridagi ombordan 120 mingta tibbiy niqob o‘g‘irlab ketildi. Bu ish noma’lum jinoyatchilar tomonidan qilingani aytilmoqda.

Xabar qilinishicha, o‘g‘irlik haqida 43 yoshli tadbirkor xabar bergan. U asli Irkutskdan bo‘lib, o‘g‘ri tushgan omborni ijaraga olib, sotuvga tayyorlangan tibbiy niqoblarni saqlab turgani aytilmoqda. Tadbirkor bir million rubl miqdorida zarar ko‘rgan.

Ayni vaqtda politsiya tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 18 mart sanasida firibgarlar tibbiy niqob va antiseptik uchun oldindan pul olgan, ammo mahsulotni yetkazib bermagani xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring