Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskva – Toshkent yo‘nalishidagi parvoz kechiktirildi

Moskva – Toshkent yo‘nalishidagi parvoz kechiktirildi

Uzbekistan Airways: Yo‘lovchilarining bir qismi mehmonxonaga joylashtirildi

Moskva – Toshkent yo‘nalishidagi HY602 reysining parvozi kechiktirildi. Parvoz 7-noyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 23:00 ga rejalashtirilgandi. Mahalliy vaqt bilan 8-noyabr soat 04:55da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishi kerak kerak bo‘lgan reysning kechiktirilishi texnik sabablar bilan bog‘liqligi aytilgan.

HY602 reysiga oid ma’lumotlar

Holat yuzasidan xabar bergan «Uzbekistan Airways» kompaniyasi «texnik sabablar» deganda nima nazarda tutilganiga oydinlik kiritmagan. Biroq kompaniya matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan bayonot mazmuniga ko‘ra kechiktirish samolyotda kuzatilgan muammo bilan bog‘liq ekanini taxmin qilish mumkin.

«Aviakompaniyaning texnik mutaxassislari havo kemasini parvozga tayyorlash bo‘yicha ish olib borishmoqda. Yo‘lovchilarining bir qismi mehmonxonaga joylashtirildi. Shuningdek, yo‘lovchilarga kompensatsiya xizmatlari ham taqdim etildi», – deyiladi xabarda.

Kompaniya parvoz vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot qo‘shimcha ravishda xabar qilinishini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring