Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskva aeroportida xorijliklarni tintuv va so‘roq qilish boshlangan – OAV

Moskva aeroportida xorijliklarni tintuv va so‘roq qilish boshlangan – OAV

Foto: Moscow Times

Moskvaga uchib kelgan chet el fuqarolari aeroportda uzoq davom etadigan so‘roq va tintuvlardan o‘tishiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda  Rossiya-Ukraina urushi boshlanishidan oldin Russia Today telekanalida ishlagan britaniyalik jurnalist Jonni Tikli xabar bergan.

«Domodedovo aeroportidan qoching. Moskvaga qo‘nganimdan so‘ng yarim soatlik so‘roqni qo‘shib hisoblaganda to‘rt soat mobaynida kutishimga to‘g‘ri keldi. Sentyabrda Vnukova orqali kelganimda hech qanday savol-javobsiz bojxonadan o‘tib ketgandim», deb yozgan Tikli.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Domodedovo aeroportida xorijliklar duch kelayotgan xuddi shunday muammolar haqida Buyuk Britaniya va AQShning boshqa fuqarolari ham xabar berishgan.

«Bojxonachilar aeroportda telefonimni ham titib chiqishdi. Uni Bluetooth orqali boshqa qurilmaga ulashdi va bir necha daqiqa davom etgan tekshiruvlardan so‘ng telefonim mutlaqo toza ekaniga ishonch hosil qilishdi», deya qo‘shimcha qilgan jurnalist.

2023-yil fevral oyida ham OAVda Ukrainadagi urush yoki Rossiya armiyasi safiga ommaviy safarbarlik boshlangani vaqtda mamlakatdan chiqib ketgan, ma’lum muddat o‘tgach vataniga qaytgan rossiyaliklar ham xuddi shunday tekshiruvlarga ro‘baro‘ bo‘layotgani haqida xabar berilgandi. FXX chegara xizmati xodimlari yurtiga qaytgan fuqarolarni so‘roq qilish asnosida Rossiyani tark etish sabablarini surishtirishgan, bir vaqtning o‘zida telefon galereyasi, brauzer orqali qaysi saytlarga kirilgani va messenjerlarda yozishmalarni ko‘zdan kechirishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring