Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moldova harbiy budjeti ba’zi futbol klublarinikicha chiqmaydi — TIV rahbari

Moldova harbiy budjeti ba’zi futbol klublarinikicha chiqmaydi — TIV rahbari

Foto: Point.md

Moldova tashqi ishlar vaziri Mixail Popshoy RTVI muxbiriga intervyu berdi.

Popshoy Moldova mudofaa vazirligining budjeti bir yilda 68 foiz o‘sishini biroz kulgili, dedi.

«Oxirgi 30 yil davomida mamlakatimiz mudofaasiga juda oz mablag‘ ajratildi, shuning uchun hozirgi o‘sishni o‘sish deyish ham qiyin», — o‘z so‘zlarini izohladi Popshoy.

Moldova TIV rahbari aytishicha, mudofaa xarajatlari doim mamlakat YaIMning taxminan 0,3 foizini tashkil etgan. Yangi milliy xavfsizlik strategiyasida ko‘rsatkichni 1 foizga yetkazish maqsad qilingan, bu ham yaqin istiqbolda emas, sal keyinroq.

«Ba’zida Yevropa futbol klublari budjetlariga ko‘zim tushadi. Ikki yil avval Tiraspolning «Sherif»iga yutqazgan «Real Madrid» va boshqa katta jamoalar himoya chizig‘ini kuchaytirishga biz (Moldova) milliy armiyamizga sarflayotgandan ko‘proq pul sarflashadi», — dedi Mixail Popshoy.

Uning ta’kidlashicha, bugun mamlakat yuzma-yuz turgan chorlovlarga Moldovaning harbiy xarajatlarini har qanaqasiga solishtirib bo‘lmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring