Maykl Blumberg AQSh prezidentlik poygasidan chiqqanini e’lon qildi
Tadbirkor Maykl Blumberg Demokratik partiyadan AQSh prezidentlik saylovi poygasidan chiqishga qaror qildi. Bu haqda «Bloomberg» xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, u 3-mart kuni «Super Tuesday»da kam ovoz to‘plaganidan so‘ng shunday qarorga kelgan.
Blumberg AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden nomzodligini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
«Uch oy oldin men Donald Trampni (AQShning amaldagi prezidenti) mag‘lub etish uchun saylov kampaniyasiga kirdim. Bugun musobaqani xuddi shu sababga ko‘ra tark etyapman», — dedi biznesmen.
AQSh prezidentligi uchun sobiq nomzod — Maykl Blumberg saylov kampaniyasiga shu paytgacha 500 million dollardan ortiq (509,5 mln. dollar) mablag‘ini sarflaganligi haqida xabar bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter