Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kseniya Sobchakning hamkasbi Moskvada hibsga olindi

Kseniya Sobchakning hamkasbi Moskvada hibsga olindi

Moskvada Kseniya Sobchakka tegishli bo‘lgan «Ostorojno Media» mediaxoldingining tijorat direktori, jurnalist Kirill Suxanov hibsga olindi.

Huquq-tartibot idoralaridagi manba Suxanovning «jinoyat ishi doirasida» qo‘lga olinganini ma’lum qildi, ammo tafsilotlarini oshkor qilmadi.

Tergov harakatlari uchun u Ichki ishlar vazirligining Moskvadagi tergov boshqarmasiga olib ketilgan.

Sobchakning o‘zi avvalroq telegramm orqali Suxanov ertalabdan beri aloqaga chiqmaganini yozgan.

Keyinchalik Sobchakning ma’lum qilishicha, Suxanov tovlamachilikda ayblanib hibsga olingan. Sodir bo‘lgan voqeani «Safsata. Men va butun tahririyatim buni mamlakat jurnalistikasiga navbatdagi bosim deb hisoblaymiz», deya izohlagan u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring