Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kreml Putinni «bandit» deb atagan Baydenga javob qaytardi

Kreml Putinni «bandit» deb atagan Baydenga javob qaytardi

Amerika prezidenti Vladimir Putinni «bandit» deb atadi va unga qarshi chiqishga chaqirdi. Kremlning aytishicha, bunday iboralar davlat rahbarlariga yarashmaydi.

AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z nutqida Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni «bandit» deb atadi.

«Men ushbu zalda bo‘lgan barchani Vladimir Putinga qarshi turishga chaqiraman. U bezori», — dedi Bayden.

«Bunday iboralar davlat rahbarlariga yarashmaydi. Amerika uchun bu g‘ururlanadigan holat emas», — dedi Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Amerika prezidentining so‘zlariga izoh berarkan.

Bu Amerika prezidentining Putin haqidagi birinchi ayblovi emas. Ikki yil oldin, xuddi shunday tadbirda Bayden Rossiya rahbarini «toza bandit» deb atagan edi. So‘nggi yillarda u Rossiya prezidenti haqida bir necha bor qattiq va haqoratli so‘zlarni ishlatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring