Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kipr tarixida birinchi marta eng kam ish haqi joriy etiladi

Kipr tarixida birinchi marta eng kam ish haqi joriy etiladi

Illyustrativ foto

31-avgust kuni Kipr Respublikasi mehnat vaziri Kiriakos Kushos kasaba uyushmalari va ish beruvchilar vakillari bilan uchrashdi.

Cyprus Times yozishicha, mehnat vaziri mamlakatda ishga kiruvchilar uchun eng kam ish haqini oyiga 885 yevro (soliq to‘languncha) qilib belgilashni taklif qilgan. Bir yarim yil ishlagandan so‘ng maosh 940 yevrogacha oshiriladi.

Bu minimumni olish uchun haftasiga qancha soat ishlash kerakligi ko‘rsatilmagan.

«Bu eng kam ish haqi munosib hayot kechirishni kafolatlaydi», — ta’kidladi Kiriakos Kushos.

Kushos 2023-yilning 1-yanvaridan Kiprda eng kam ish haqi to‘g‘risidagi qonunni kuchga kiritishni taklif qilgan. Vazir mamlakatdagi turmush darajasidan kelib chiqib, minimal ish haqini qayta baholash mexanizmini ham tushirmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring