Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kim Chen Inning «yangi yil» murojaatidan BMT xavotirda

Kim Chen Inning «yangi yil» murojaatidan BMT xavotirda

Foto: RFI

Shimoliy Koreyaning, moratoriylarga qaramasdan, yadro quroli ustidagi sinovlarni davom ettirish da’vosi Birlashgan Millatlar Tashkilotini xavotirga solib qo‘ydi.

KXDR va AQSh vakillari qit’alararo ballistik raketalar hamda yadro bombalari sinovlariga moratoriy muddatlari shartlarini kelisha olmaganidan keyin, Kim Chen In Shimoliy Koreya ishlanmalari haqida dunyo tez orada bilib olishi haqida rasman bayonot berdi. Bayonot 2020-yilning ilk kunida, fuqarolarga an’anaviy yangi yil murojaati o‘rniga jarangladi.

Bungacha Pxenyan AQSh bilan muzokaralar biron natija bermagan taqdirda Trampni «rojdestvo sovg‘asi»ni qabul qilishga shay turishga chaqirgandi.

«BMT Bosh kotibi Xavfsizlik kengashining tegishli rezolyusiyalariga muvofiq sinovlar yangilanmasligiga judayam umid bildiradi. Tarqatmaslik global yadro xavfsizligining asosiy poydevori sanaladi va shunday bo‘lib qolishi shart», — deya bayonot berdi tashkilot matbuot kotibi Stefan Dyujarrik.

Pxenyan AQShni Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy o‘quvlarda ayblamoqda, Vashingtondan KXDRning yadroviy arsenali borasida yangi imtiyozli takliflar kutilayotgandi. Bunday taklif kelib tushmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring