Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreya KXDRga 200 tonna mandarin sovg‘a qildi

Janubiy Koreya KXDRga 200 tonna mandarin sovg‘a qildi

Foto: «Korrespondent.net»

Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreyaning 2 tonna noyob qo‘ziqoriniga javoban KXDRga 200 tonna mandarin yubordi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.

Janubiy Koreyaning harbiy samolyoti mandarinlarning birinchi partiyasi bilan Pxenyanga jo‘natildi. Shimoliy Koreyaga shunday samolyotlardan 4tasini yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Janubiy Koreya prezidenti 11 yil ichida birinchi marta KXDRga tashrif buyurgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring