Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiyalik yigit koronavirus yuqtirdi degan gumonda ma’shuqasini o‘ldirdi

Italiyalik yigit koronavirus yuqtirdi degan gumonda ma’shuqasini o‘ldirdi

Foto: «Daily Mail»

Italiyada koronavirus sabab qotillik sodir etildi. Sitsiliyaning Messina shahrida yashovchi 28 yashar Antonio de Pache 27 yoshli ma’shuqasi Lorena Kuarantani bo‘g‘ib o‘ldirdi. Yigit sevgan qizi unga SOVID-19 infeksiyacini yuqtirdi degan gumonda bo‘lgan, deb xabar beradi «Daily Mail» nashri.

Qizning joni uzilgach, Antonio de Pache ham o‘zini o‘ldirishga uringan, ammo buning uddasidan chiqmagan. So‘ng politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, qotillik sodir etgani haqida xabar bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, yigit ham, qiz ham Sitsiliyadagi shifoxonada faoliyat yuritgan va koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda ishtirok etib kelgan. 

Tibbiy tekshiruv Antonio de Pache adashganini ko‘rsatdi: qizda ham, yigitda ham infeksiya aniqlanmagan. 

Bu qarangki, Lorena Kuaranta o‘limidan bir kun avval Facebook tarmog‘ida aynan koronavirusdan vafot etgan italyan shifokori haqida post qoldirgan. «Ayni paytda muhabbat va mas’uliyat ko‘rsatish hamma narsadan muhim. O‘zingizni, oilangizni hamda vataningizni asrang! Bemorlar uchun jon olib jon berayotgan insonlarni unutmang. Bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilaylik, ammo uyimizda qolaylik. Virusning keyingi qurboni yaqiningiz yo o‘zingiz bo‘lib qolmang», deb yozgan L.Kuaranta.

Qotillik qurboni hali tibbiyot instituti talabasi edi. Xabarlarga qaraganda, hali o‘qishni tamomlagan bo‘lsa-da, Lorena Kuarantaga o‘limidan so‘ng shifokor unvoni berilgan.

COVID-19 infeksiyaci Italiya bo‘ylab misli ko‘rilmagan shiddat-la yoyilmoqda. Ayni paytda mamlakat bo‘yicha virusga chalinganlar soni 115 ming nafardan ortdi. Undan vafot etganlar esa 14 mingga yaqinlashib qoldi. Kuzatuvchilar koronavirus sabab ishi va daromadidan ayrilgan aholi orasida jinoyatchilik kuchayishidan xavotir bildirmoqda. Xususan, Kampaniya, Kalabriya, Sitsiliya, Apuliya kabi nisbatan qashshoq muzofotlarda vaziyat og‘irlashib borayotgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring