Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroilda yirik o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lmoqda

Isroilda yirik o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lmoqda

Isroilning markaziy va janubiy hududlarida keng masshtabli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lmoqda.

Mamlakatdagi ayrim yo‘llar yopilgan. Ular orasida Tel-Aviv va Quddusni bog‘laydigan Isroilning asosiy, 1-magistral yo‘li ham bor. Yong‘inlarni bartaraf etish uchun 119 ta yong‘in o‘chirish brigadasi, 10 ta samolyot va vertolyot, shuningdek, politsiya, harbiylar va ko‘ngillilar ishga tushgan. Isroil hukumati Gretsiya, Bolgariya, Xorvatiya, Italiya va Kiprdan xalqaro yordam so‘rab murojaat qilgan va yordam bugun, 1 may kuni kelishi kutilmoqda.

Iyerusalimning yongin-qutqaruv xizmati rahbari Shmulik Fridman, mazkur yong‘inlar Isroil tarixidagi eng katta yong‘in bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mesilat-Siona hududidagi yong‘inlar ertalab boshlangan va shamol tufayli g‘arbga tarqalgan, keyinchalik yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqqa tarqala boshlagan.

Shuningdek, kuchli issiqlik havo vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda. Hozirda yong‘inning sabablari aniqlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring