Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil yana Suriyaga zarba berdi

Isroil yana Suriyaga zarba berdi

Isroil harbiy-havo kuchlari bugun erta tongda Suriya armiyasining poytaxt Damashq yaqinidagi bazalariga hujum uyushtirdi. Suriyaning rasmiy SANA agentligi xabariga ko‘ra, raketa zarbalari oqibatida uch nafar harbiy halok bo‘lgan, yetti nafari yaralangan.

Suriya televideniyesi Damashq yaqinida kuchli portlashlar ro‘y berganini va mamlakat harbiy havo mudofaasi tizimlari «dushman hujumini daf qilgani»ni bildirdi. «Suriya inson huquqlari monitoringi kengashi» (SOHR) esa Isroil raketalari Suriya armiyasi va uning hamkorlari foydalanadigan omborlar va pozitsiyalarni yakson etganini ma’lum qildi.

DWning xabar berishicha, Isroil harbiylari chindan ham aviahujum uyushtirilganini tasdiqlab, bu 1 iyun kuni Isroil tomonidan bosib olingan Jo‘lon tepaliklariga otilgan ikkita raketaga javob bo‘lganini ta’kidlagan. Isroil armiyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Jo‘lon tepaliklariga aynan kim raketa otgani ma’lum emas, biroq Suriya hududidan otilgani uchun Suriya tomoni aybdor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring