Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil tarixda ilk bor o‘z fuqarolariga Saudiya Arabistoniga borishga ruxsat berdi

Isroil tarixda ilk bor o‘z fuqarolariga Saudiya Arabistoniga borishga ruxsat berdi

Isroil fuqarolariga tarixda ilk bor Saudiya Arabistoniga borishga ruxsat berildi. Tashrif buyuruvchilar faqat ziyorat va biznes uchun Saudiyaga sayohat qilishlari mumkin.

Buning uchun Isroil va Saudiya Arabistoni hukumatlarining ruxsatiga ega bo‘lish kerak. Isroilliklar 90 kun davomida Saudiyada bo‘lib turishlari mumkin. Biznes safari uchun rasmiy taklifga ega bo‘lish va boshqa hujjatlar tayyorlash kerak.

Isroil qonunchiligiga ko‘ra Yaman, Iroq, Eron, Livan, Suriya va Saudiya Arabistoni dushman davlatlar hisoblanadi. Isroil fuqarolari maxsus ruxsatsiz ushbu mamlakatlarga bora olmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring