Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil harbiy razvedkasi rahbari HAMAS tufayli iste’foga chiqdi

Isroil harbiy razvedkasi rahbari HAMAS tufayli iste’foga chiqdi

General-mayor Aaron Xaliva Isroil armiyasining Harbiy razvedka boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan iste’foga chiqqanini e’lon qildi, uning boshqarmasi o‘tgan yilning 7 oktyabr kuni HAMASning Isroilga hujumini bartaraf eta olmagandi.

«Razvedka boshqarmasi boshlig‘i Aaron Xaliva Bosh shtab boshlig‘i bilan maslahatlashgan holda, 7 oktyabr voqealari sabab o‘z vakolatlarini tugatishni so‘radi», — deyiladi xabarda.

Xaliva Isroil mudofaa kuchlarida 38 yil xizmat qilgan.

General o‘z vorisi tayinlangandan keyin lavozimini tark etadi. Uning o‘rnini kim egallashi hozircha noma’lum.

The Times of Israelning qayd etishicha, Xaliva HAMASning Isroilga hujumi tufayli iste’foga chiqqan birinchi yuqori martabali isroillik zobit bo‘ladi. Aprel oyi boshida yana bir isroillik razvedka zobiti, brigada generali va harbiy razvedka tadqiqotlari boshqarmasi boshlig‘i Amit Saar o‘z lavozimini tark etdi. Uning ketishiga saraton kasalligi sabab bo‘lgan, garchi avvalroq u ham 7 oktyabr voqealari tufayli o‘z lavozimini yo‘qotishi kutilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring