Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispan jurnalistlari Putinning «qarimaslik» siri va qanaqa kostyum kiyishini aniqlashdi

Ispan jurnalistlari Putinning «qarimaslik» siri va qanaqa kostyum kiyishini aniqlashdi

Foto: «Kremlinrus»

«El Mundo» nashri Rossiya prezidenti Vladimir Putinga 10 yil avvalgidan yoshroq, deya ta’rif berdi.

Ispan jurnalistlari 66 yoshli Putinning «abadiy yoshlik» sirini vaqtida uxlashi, sport bilan shug‘ullanishi, to‘g‘ri ovqatlanishi hamda alkogoldan voz kechishida ko‘rmoqda.

«Putin — Kreml guvoh bo‘lgan eng sportga ixlos qo‘ygan prezident», — deb yozadi gazeta. — «Prezident xokkey ishqibozi, dzyudo bo‘yicha sakkizinchi dan sohibi, suzish va piyoda sayr qilishni yoqtiradi».

Shuningdek, maqola mualliflari uning tashqi ko‘rinishiga ham ahamiyat berishgan. Nashrda keltirilishicha, prezident «Kiton» va «Brioni» kostyumlarini afzal ko‘rarkan.

Foto: «RIA Novosti»

Rossiya yetakchisi qariyb 50 yildirki, sharq yakkakurashi bilan shug‘ullanadi, dzyudo va sambo bo‘yicha sport ustasi unvonlariga ega. Karate bo‘yicha qora belbog‘ sohibi. 2018 yil iyulda futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba prezident Vladimir Putindan «konkini butsiga almashtirishni» so‘ragan. Bunga javoban davlat rahbari sportchi emas, fizkulturachi ekanligini, shuning uchun «birato‘la hammasi bilan» shug‘ullanishini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring