Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda dunyodagi eng baland haykal ochildi

Hindistonda dunyodagi eng baland haykal ochildi

Foto: «RIA Novosti»

Hindiston g‘arbidagi Gudjarat shtatida dunyodagi eng baland haykal – Birlik haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Beton va metalldan yasalgan haykalda Hindiston ozodligi uchun kurashgan Mahatma Gandining izdoshi Vallabhai Patel timsoli tasvirlangan.

Haykalning balandligi 182 metr. Bu obida AQShdagi Ozodlik haykali (93 metr)dan ikki barobar, Braziliyadagi Iso Masih haykali (38 metr)dan bir necha barobar baland.

Yodgorlik Rajpilla shtatidan uncha olis bo‘lmagan Sadhu Bet orolida, Narmad to‘g‘oni ro‘parasida qad rostladi. Haykal eng baland joyga o‘rnatilib, 200 kishiga mo‘ljallangan tomosha maydoni tashkil etilgan.

Yodgorlik 20 ming kv.m. joyni egallagan. Uning atrofini 12 kv.km.li sun’iy ko‘l o‘ragan.

Bosh arxitektor – hindistonlik mashhur haykaltarosh Ram Vanji Sutar.

Haykal ro‘parasida Vallabhai Patel muzeyi ham ochildi. Muzeyda 40 ming arxiv hujjatlari saqlanmoqda.

Mutaxassislar har kuni muzeyga 15 ming kishi tashrif buyurishini taxmin qilishmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ob’yektni barpo etishda 250 nafar muhandis hamda 3400 nafar ishchi mehat qilgan.

Qurilish uchun 430 million AQSh dollari sarflangan.

Haykal soatiga 180 kilometr tezlikda esadigan shamol hamda 6,5 balli zilzilaga bardosh bera oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring