Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda siklon tufayli 30dan ziyod kishi halok bo‘ldi

Hindistonda siklon tufayli 30dan ziyod kishi halok bo‘ldi

Foto: «Interfax.ru»

Hindistonning janubida 33 kishi Gayya sikloni qurboniga aylandi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Tabiiy ofat hududidan 82 ming kishi evaukuatsiya qilindi. Hindiston harbiy-suv floti qutqaruv ishlariga ikkita kema va vertolyot ajratgan. Mahalliy hokimiyat jabrlanganlarga gumanitar yordam jo‘natgan.

Siklon 16 noyabr kuni Tamil-Nadu shtatining 6ta hududini egallagan. Shamol soatiga 90 km.ga yetgan.
Qutqaruvchilar 16 noyabr kuni 13 kishining, 17 noyabr kuni 20 kishining jasadini topishgan. Vafot etganlarning ko‘pchiligi suv toshqinlari, uylar qulashi va tok urishi sababli halok bo‘lgan.

Shtatga jiddiy zarar yetgan: echkilar, kiyiklar va yovvoyi hayvonlar halok bo‘lgan, minglab gektarli bog‘larda kokos daraxtlari yiqilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring