Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

HAMAS kelishuvdan bosh tortdi

HAMAS kelishuvdan bosh tortdi

Isroilning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlar bo‘yicha kelishuv taklifi HAMAS tomonidan rad etildi.

HAMAS manbasining ta’kidlashicha, ular Qatar, Misr va amerikalik vositachilarning 40 nafar garovga olinganlarni ozod qilish taklifidan farqli o‘laroq, 50 yoshdan oshganlar toifasiga kiruvchi 20 nafar garovga olinganlarni ozod qilishga tayyor. Shuningdek,  tashkilot garovga olinganlarni ozod qilishdan oldin Isroildan olti haftalik sulhga rozi bo‘lishini talab qilgan. Ushbu talab bajarilmagunicha, kelishuv bo‘lmaydi.

Avvalroq Isroil 1,5 million falastinlik yashiringan shaharga hujum tayyorlayotgani xabar qilingandi.

Binyamin Netanyahu Rafahga hujum G‘azo sektorida saqlanayotgan isroillik mahbuslarni ozod qilish va «Hamas ustidan g‘alaba qozonish» uchun zarur, deb aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring