Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saakashvili: «Salkam to‘qqiz yil mamlakatni boshqardim, ammo hech vaqom yo‘q»

Saakashvili: «Salkam to‘qqiz yil mamlakatni boshqardim, ammo hech vaqom yo‘q»

Foto: «Tvzvezda.ru»

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili oila a’zolari hisob raqamlari va ko‘chmas mulklari «muzlatilganini» esga olib, o‘zining ayrim gruzin deputatlaridan o‘n baravar «qashshoqligini» aytdi.

«Salkam to‘qqiz yil mamlakatni boshqardim, ammo hech vaqom yo‘q. Boyligim Beseliya va Sesiashvili (Gruziya parlamenti deputatlari)larnikidan o‘n baravar kam, shunga qaramasdan, meni dunyo taniydi», — dedi Saakashvili «Palitranyus» telekanali efirida.

Gruziya Bosh prokuraturasi Saakashvili va uning qarindoshlari — rafiqasi, onasi, buvisiga qarashli ko‘char va ko‘chmas mulklarni davlat pullarini xarjlab yuborish gumoni bilan «muzlatib» qo‘ygandi. Saakashvili yangi prezidentning 2013-yilning noyabr oyidagi inauguratsiyasi o‘tishi hamon mamlakatni tark etgan va qaytgani yo‘q.

Saakashviliga hozircha mamlakat ichida davlat qidiruvi e’lon qilingan, unga bir nechta ayblovlar qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring