Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gollivud qachon kino olishni boshlaydi?

Gollivud qachon kino olishni boshlaydi?

Foto: «Zen.yandex.com»

Amerikaning Kaliforniya shtatida joylashgan Los-Anjeles okrugi ma’muriyati Gollivud kinostudiyalariga koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtab qolgan filmlarni suratga olish ishlarini 12-iyundan davom ettirishga ruxsat berdi, deya xabar tarqatdi ABC7 telekanali.

Okrugning sog‘liqni saqlash departamenti boshlig‘i Barbara Ferrerning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyotning yo‘lga qo‘yilishi doirasida okrug ma’muriyati hayvonot bog‘lari, akvariumlar, kempinglar, shuningdek, televizion va kino suratga olish ishlarini tiklashga ruxsat berdi. Faqat sog‘liqni saqlash sohasidagi protokollarga, jumladan, niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga amal qilishiga to‘g‘ri keladi.

Xopkins instituti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda qariyb 2 million kishi COVID-19 ga chalingan bo‘lib, 112 nafari vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring