Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada ikkita samolyot bir-biri bilan to‘qnashdi

Germaniyada ikkita samolyot bir-biri bilan to‘qnashdi

Foto: «Korrespondent.net»

Germaniyaning Kyukxoven shahridagi aerodrom yaqinida ikkita o‘ta yengil samolyot bir-biri bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda. Aviahalokat bugun, 17 noyabr kuni sodir bo‘lgan.

Uchuvchilardan biri halok bo‘lgan, u 70 yoshda edi. Ikkinchi samolyot uchuvchisi jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan, u 60 yoshda edi.

Ta’kidlanishicha, ikki uchuvchi ham «L19» modelda parvoz qiluvchi mahalliy uchish klubi a’zolari bo‘lgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuv bitta samolyot endi ko‘tarilayotgan, ikkinchisi esa qo‘nayotgan chog‘ida sodir bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring