Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniya Ukrainaga «katta tuhfa» beradi

Germaniya Ukrainaga «katta tuhfa» beradi

Germaniya Ukrainaga 2,7 milliard yevrolik harbiy texnikaning katta partiyasini jo‘natadi.

Bu haqda 14 may kuni Axenada Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Buyuk Karl mukofoti bilan taqdirlanishi vaqtda e’lon qilinishi mumkin, deb yozadi Der Spiegel.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi 30 ta Leopard 1 tanki, 20 ta Marder jangovar mashinasi, 200 ta razvedkachi dron, IRIS-T havo hujumidan mudofaa tizimlari, snaryadlar va logistika faoliyati uchun transport vositalari oladi.

Zelenskiy avvalroq Ukrainada zirhli texnika yetishmasligi sababli qarshi hujum keyinroqqa qoldirilishini aytgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring