Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya muzeyidan katta oltin xazinasi o‘g‘irlab ketildi

Germaniya muzeyidan katta oltin xazinasi o‘g‘irlab ketildi

O‘g‘rilar 1999-yilda topilgan butun xazinani, miloddan avvalgi yillarga oid 483 dona oltin tangani o‘g‘irlab ketishdi.

Noma’lum o‘g‘rilar Bavariyaning Manching shahridagi muzeyga kirishga muvaffaq bo‘lishgan va u yerdan eng qimmatli eksponat – qiymati bir necha million yevroga baholangan 483 dona oltin tangani o‘g‘irlab ketishdi, deb xabar berdi Bavariya jinoiy ishlar bo‘yicha boshqarmasi vakili.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bu XX asrda topilgan eng katta oltin xazinadir. Umumiy og‘irligi taxminan 4 kg bo‘lgan tangalar 1999-yilda Rim imperiyasi davridagi Keltlar qal’asida olib borilgan qazishmalarda topilgan.

«Keltlar xazinasining yo‘qolishi falokat, oltin tangalar esa tariximizning dalili sifatida almashtirib bo‘lmaydigan boylik edi», dedi Bavariya fan va san’at bo‘yicha davlat vaziri Markus Blume.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring