Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gavayida yong‘inlar to‘xtamayapti: sakson kishi qurbon bo‘ldi

Gavayida yong‘inlar to‘xtamayapti: sakson kishi qurbon bo‘ldi

Gavayi orollaridagi yong‘in qurbonlari soni 80 nafardan oshib ketgani aytilmoqda. Bu Maui okrugi saytida ma’lumot berildi.

«O‘lganlar soni 80 kishini tashkil qilmoqda», deyiladi unda.

Aniqlik kiritilishicha, qutqaruvchilar Laxayna, Pulexu va Kixey shaharlarida yong‘inlarni o‘chirish ishlarini davom ettirmoqda.

Bungacha tabiiy ofat tufayli yuzlab mahalliy aholi evakuatsiya qilingani xabar qilingandi. Maui orolining yong‘in sodir bo‘lgan ba’zi qismlarida yo‘llar yopilishiga to‘g‘ri keldi. Hokimiyatning bunday choralari yong‘inning uylarga juda yaqin kelgani bilan bog‘liq.

Ba’zilar oroldagi aloqa muammolari tufayli favqulodda xizmatlarga murojaat qila olmayapti. 

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtda Gavayida kuchli o‘rmon yong‘inlari katta talofotlarni keltirib chiqarmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring