Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya FXX Simonyan va Sobchakka suiqasdning oldi olinganini e’lon qildi

Rossiya FXX Simonyan va Sobchakka suiqasdning oldi olinganini e’lon qildi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Moskva va Ryazan viloyatida maxfiy xizmat ma’lumotlariga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Ukrainaning ko‘rsatmasi bilan RT davlat targ‘ibot kanali bosh muharriri Margarita Simonyan hamda jurnalist Kseniya Sobchakni o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan «neonatsistlar guruhi a’zolari» hibsga olinganini e’lon qildi.

FXX hisobotida aytilishicha, 14 iyul, juma kuni guruh jurnalistlarning ish va yashash joylari yaqinida kuzatuv ishlarini olib borgan.

«Tergov harakatlari davomida ular har bir qotillik uchun 1,5 million rubl mukofot olish uchun Ukraina maxsus xizmati ko‘rsatmasi bo‘yicha suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rilganini tasdiqladilar», – deyiladi FXX bayonotida.

FXX ma’lumotlariga ko‘ra, tintuvlar chog‘ida qo‘lga olinganlardan Kalashnikov avtomati, patronlar, pichoqlar, rezina tayoqlar, qo‘l kishanlari, shuningdek, aloqa vositalari va kompyuterlar musodara qilingan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi hibsga olinganlarga nisbatan «ekstremistik va terroristik mazmundagi» jinoiy ish qo‘zg‘atishi mumkin.

Ma’lumot uchun, joriy yilning bahorida ham FXX Ukraina tomonining ko‘rsatmasi bilan siyosiy targ‘ibotchi Vladimir Solovyovga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan rossiyalik neonatsistlar guruhi hibsga olinganini e’lon qilgan edi. O‘z navbatida Ukraina Xavfsizlik xizmati ushbu ayblovlarga izoh berib, ularni fantastika deb atagan.

«Ostorojno, novosti» loyihasi (Kseniya Sobchak loyihasi) ma’lumotlariga ko‘ra, olti kishi, jumladan 18 yoshli Mixail Balashov ismli moskvalik yigit Basmanniy sudiga olib ketilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring