Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya Yangi Kaledoniyaga qo‘shin kiritdi

Fransiya Yangi Kaledoniyaga qo‘shin kiritdi

Foto: Dzen

Yangi Kaledoniyada fransuz fuqarolarining saylov huquqlari kengaytirilishiga qarshi tartibsizliklar boshlanib ketgach, Fransiya arxipelagga qo‘shin kiritdi.

BFMTV xabariga ko‘ra, Yangi Kaledoniyada favqulodda holat e’lon qilingan. Fransiya hukumati qo‘shin kiritilishini arxipelagdagi aeroportlar va portlarni himoyalash zarurligi bilan izohladi.

Fransiya bosh vaziri Gabriel Attal bayonot berishicha, orollarda TikTok bloklangan. Yelisey saroyi tartibsizliklar oqibatida uch kishi, jumladan, o‘qotar quroldan jarohatlangan politsiya xodimi vafot etganini ma’lum qildi.

So‘nggi 24 soat ichida 70 kishi qo‘lga olindi, tartibsizliklar oqibatida 64 kishi jarohatlandi, deya bayonot berdi Yangi Kaledoniya oliy komissari. Guvohlarga ko‘ra, hudud poytaxti Numeada o‘q ovozlari eshitilmoqda, isyonchilar uylarga o‘t qo‘yishmoqda.

Yangi Kaledoniyadagi isyonga yaqinda Fransiya milliy yig‘ini qabul qilgan qonun loyihasi sabab bo‘ldi. Agarda bu qonunchilik tashabbusi uzil-kesil qabul qilinsa, qariyb 25 ming nafar fransuzlar Fransiyaning dengizorti hududida mahalliy hukumatni saylash huquqiga ega bo‘ladi. Yangi qonun qabul qilinishiga qarshi chiqayotgan mahalliy ayirmachilar fransuzlarga orollarda saylov huquqini berish Yangi Kaledoniyaning tubjoy xalqi — kanaklarning elektoral ta’siri pasayishiga olib kelishidan xavotirdalar.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yuzaga kelgan holat bo‘yicha orollar hukumati bilan videokonferensiya shaklida «fikr almashish»ni taklif qildi.

O‘tgan oqshom Numeada tartibsizliklar davom etdi. Ayrim tumanlarda vaziyat keskinligicha qolmoqda, deya xabar berdi BFMTV.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring