Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Falastin davlatini tan olishning o‘zi yetarli emas – ispan siyosatchisi

Falastin davlatini tan olishning o‘zi yetarli emas – ispan siyosatchisi

Yevropaning uch davlati – Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya Falastin davlatini rasman tan olganini e’lon qildi.

Ispaniyalik taniqli siyosatchi, «Podemos» partiyasi rahbari Ione Belarra ushbu hodisaga munosabat bildirib, uni ramziy qadam deb atadi. Ayni choqda, u Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ma’muriyati G‘azoda amalga oshirayotgan genotsidni to‘xtatish uchun amaliy ta’zir va ta’sir choralarini ko‘rish kerakligini ta’kidladi.

«Aniq choralarsiz shunchaki Falastin davlatining ramziy tan olinishi Netanyahuni hamda genotsidni to‘xtatishdek ortga surib bo‘lmas muhim vazifani hal etmaydi.  Hozirda Falastinning katta hududi Isroil tomonidan noqonuniy ravishda bosib olingan. (Genotsid va okkupatsiyaga chek qo‘yish uchun) Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzish va unga qurol-yarog‘ yetkazishni to‘xtatish kerak», – deydi Ione Belarra.

Xabaringiz bor, 20 may kuni Haagadagi Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim Xon Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olish yuzasidan talabnoma berdi.

Ushbu hodisani yodga olgan ispan siyosatchisi xalqaro hamjamiyat Isroil ma’muriyatiga nisbatan aniq choralar qo‘llar ekan, u amaliy natija ham berishini uqtirgan.

Bir necha yil davomida Ispaniya ijtimoiy siyosat vaziri lavozimida faoliyat yuritgan Ione Belarra 2023 yil oktyabr oyida Isroil G‘azoda qatliom uyushtirayotganini qoralab bayonot bergan edi. Siyosatchi AQSh va Yevropa Ittifoqi Isroilning xalqaro huquqqa zid harakatlariga ko‘z yumibgina qolmay, Tel-Avivning inson huquqlarini buzuvchi aparteid va ishg‘ol siyosatini qo‘llab-quvvatlayotganini aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring