Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronning Isroilga qarshi hujumi kutilyapti – CBS

Eronning Isroilga qarshi hujumi kutilyapti – CBS

Qo‘shma Shtatlar 12-aprel kuni Eronning Isroilga qarshi hujumi kutilayotganini, harbiy nishonlarga qarshi 100 dan ortiq dron va o‘nlab raketalar qo‘llanilishi mumkinligini aytgan. Bu haqda CBS telekanali xabar qildi.

Bir muddat oldin Washington Post Pentagon Isroil Damashqdagi Eron konsulligiga qilingan hujum haqida AQShni oldindan xabardor qilmaganidan norozi ekanligi haqida yozgan edi.

«Vashingtonda oldindan ma’lumot bo‘lganida, Qo‘shma Shtatlar harbiy kuchlarini Isroil va mintaqadagi Amerika qo‘shinlarini ehtimoliy javobdan himoya qiladigan tarzda joylashtirishi mumkin edi», – deya ta’kidlaydi nashr.

Oq uy Eron Isroilga qarshi harbiy zarba bergan taqdirda Qo‘shma Shtatlar mojaroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashadimi yoki yo‘qmi, degan savolga izoh berishdan bosh tortgan.

AQSh shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Vashington Yaqin Sharqda urushdan qochishga harakat qilayotganini va mintaqadagi hamkasblari bilan muloqot olib borayotganini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari general Maykl Kurilla bilan uchrashuvdan so‘ng mamlakat quruqlikda va havoda o‘zini himoya qilishga tayyorligi va hujum sodir bo‘lgan taqdirda qanday javob berishni bilishini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring