Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yerning muhim ko‘rsatkichlari keskin yomonlashdi — «porox bochkasi»

Yerning muhim ko‘rsatkichlari keskin yomonlashdi — «porox bochkasi»

Foto: «Twitter»

Yerning muhim ko‘rsatkichlari keskin yomonlashdi. Bu haqda Oregon universiteti olimlari ogohlantirishmoqda.

Ekspertlar zilzilalar, suv toshqinlari va boshqa tabiiy ofatlar nega ko‘payib ketganining sababini topishdi.

Hammasiga sabab — sayyoramizdagi iqlim o‘zgarishlari.

Tadqiqotchilarning kuzatuvlariga ko‘ra, 2020-yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq uchta yildan biri bo‘ldi. Suv toshqinlari, o‘rmon yong‘inlari, to‘fonlar — tabiiy ofatlar soni va kuchi ko‘payib boryapti.

Eng yomoni, sayyoramizda issiqxona gazlari miqdori oshib boryapti. Bu kabi holatlar Yerni «porox bochkasi»ga aylantirib qo‘ymoqda.

«Yerning hayotiy muhim tizimlari keskin o‘zgarishga uchrayotganini tasdiqlovchi ma’lumotlar soni oshib boryapti, bu burilish pallasi bo‘lishi mumkin», — deyishmoqda tadqiqotchilar.

O‘zgarishlar korall riflarining yemirilishi, Amazoniya tropik o‘rmonlari maydonining qisqarishi, G‘arbiy Antarktida va Grenlandiya muz qalqonlarida darzlar paydo bo‘layotgani bilan bog‘liq.

Jahon miqyosidagi pandemiya lokdauni havoning ifloslanish darajasini pasaytirdi, biroq iqlim o‘zgarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olmadi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring