Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Belgiyada iftorlikka ikki kilometr uzunlikdagi dasturxon yozildi va rekord o‘rnatildi (video)

Belgiyada iftorlikka ikki kilometr uzunlikdagi dasturxon yozildi va rekord o‘rnatildi (video)

Kadr video TRT

Shaharning markaziy hududida 7 ming kishi uchun ikki kilometrlik ochiq osmon ostidagi iftorlik dasturxoni yozildi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, tadbir global keskinlik davrida madaniyatlarni yaqinlashtirish va birlashtirishga qaratilgan. Ular bunday harakatlar Antverpenning madaniy qiyofasini yaxshilashiga umid qilmoqda.

«Men shu hududning meriman va uni xuddi shunday ko‘raman. Odamlarni dasturxonga taklif qilib, birga kechki ovqatni tanavvul qilish va bir-birimizning farqimizdan ko‘ra, bizni bog‘lab turgan jihatlardan yaxshiroq nima bo‘lishi mumkin», deb izoh berdi shahar meri Mariam El-Osri.

Iftorlik ishtirokchilari, jumladan, Falastin guruchidan tayyorlangan taomlarni, Marokash sho‘rvasini tatib ko‘rishgan.

Belgiya ommaviy axborot vositalarining qo‘shimcha qilishicha, Qatarning Al-Jazira telekompaniyasi Borgerxautdagi «rekord»dan alohida reportaj tayyorlagan.

 
 
 
 
 
Bu gönderiyi Instagram’da gör
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

@progress.01’in paylaştığı bir gönderi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring