Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dushanbedagi blekautga «Nurek» GESdagi avariya sabab bo‘lgan

Dushanbedagi blekautga «Nurek» GESdagi avariya sabab bo‘lgan

Tojikiston poytaxti va va bir qator tumanlarda elektr energiyasi ta’minotining uzilshiga «Nurek» GESidagi avariya sabab bo‘lgan.

Bu haqda «Sputnik Tojikiston» nashri mamlakat energetika tizimi rasmiysiga tayanib ma’lum qilmoqda.

«Ob-havoning yomonlashgani tufayli podstansiyalar yuklamani ko‘tara olmadi. Uch kun davomida kuchli qor yog‘moqda. Aholining elektr energiya iste’moli oshib ketdi», – degan rasmiy.

Vazirlik rasmiysi,shuningdek, hozirda muammo hal qilingani va elektr ta’minotini tiklash boshlanganini ma’lum qilgan.

O‘z navbatida, ayrim hududlar, jumladan, Hisor shahri ma’muriyati elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha cheklovlarni joriy etmoqda.

Unga ko‘ra, elektr energiyasini uzatish 10 ta shahar podstansiyasi bilan cheklanadi. Har kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:00 dan 18:00 gacha va 21:30 dan 05:30 gacha elektr ta’minoti bo‘lmaydi.

Dushanbeda esa uyali aloqa operatorlari elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli aloqa yomonlashishidan ogohlantirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring