Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng qimmat to‘y (foto)

Dunyodagi eng qimmat to‘y (foto)

275 turdagi taomnoma, sahnada Rianna va mehmonlar orasida Hillari Klinton, Ivanka Tramp, Mark Sukerberg va boshqalar: Forbes ro‘yxatidagi hindistonlik milliarder o‘g‘liga to‘y berdi.

Milliarder Mukesh Ambani o‘g‘li Anant Ambaniga uylandi. Foto: REUTERS

Hindistonda asr to‘yi bo‘lib o‘tmoqda. Milliarder Mukesh Ambani kenja o‘g‘li uchun dunyodagi eng qimmat to‘ylardan birini o‘tkazdi.

Rianna.

To‘yga rekord darajadagi – 113 million dollar xarajat qilingan. Rianna mehmonlar uchun qo‘shiq kuylaydi (bu uning ikkinchi farzandi tug‘ilgandan keyin sahnaga birinchi chiqishi).

Mukesh Ambanining 28 yoshli o‘g‘li Anant boshqa hind magnati, farmsanoatchisi Viren Merchantning qiziga uylanadi.

Ivanka Tramp turmush o‘rtog‘i bilan.

Radhika Merchant va Anant Ambani rasman 12 iyulda turmush qurishadi, ammo ular to‘yni hozir o‘tkazishga qaror qilishgan va butun dunyodan mingdan ziyod mehmonlar Hindistonga chaqirilgan.

Kelin Radhika Merchant to‘yi oldidan qishloq aholisiga an’anaviy taomlarni taqdim etdi.  Foto: REUTERS

Taklifnoma olganlarga o‘ta katta iltifot ko‘rsatiladi: ularning didi va ovqatlanish istaklariga qarab: 75 turdagi nonushta, 225 turdagi tushlik, 275 turdagi kechki ovqat tortiladi. Taomnoma ro‘yxatidagi mahsulotlarning hech biri keyingi kunda takrorlanmasligi alohida ta’kidlanadi.

Mehmonlar uchun unutilmas sayohatlar tashkil etilib, har biriga hind milliy kiyimlari va alohida stilistlar ajratilgan.

Mukesh Ambani nomi Forbes milliarderlar ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘rinda qayd etilgan. Uning Reliance Industries korporatsiyasi neft va gaz qazib olishga ixtisoslashgan. Ambani boyligi 111 milliard dollarga baholangan. Quda tomon – Merchant oilasi esa yirik farmatsevtika kompaniyasiga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring