Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dominikancha «baxshi». Hofiz 106 soat qo‘shiq aytdi va sahnadan «tez yordam»da ketdi

Dominikancha «baxshi». Hofiz 106 soat qo‘shiq aytdi va sahnadan «tez yordam»da ketdi

Foto: «Worldpronews.com»

Dominikan respublikasida rekord o‘rnatish maqsadida qo‘shiqchi Karlos Silver 106 soat davomida kuyladi. Ammo Ginnes rekordlar kitobi vakillari uning natijasini qabul qilmadi.

Silver 29 mart, chorshanba kuni qo‘shiq aytishni boshladi va 3 aprel, mahalliy vaqt bilan soat 10.00ga qadar kuyladi. Bu vaqt oralig‘ida u 5 mingdan ortiq qo‘shiq kuylagan. Hofizni oilasi va tomoshabinlar qo‘llab-quvvatlab turgan.

Karlos Silver qo‘shiq aytishni to‘xtatgani hamono uni «tez yordam» mashinasida kasalxonaga olib ketishdi. Chunki uyqusizlik, ochlik va charchoq holdan toydirgan edi. Kasalxonaga borgandan so‘ng unda gallyusinatsiya va alahsirash kuzatilgan.

Bu borada dunyo rekordi hindistonlik Sunil Vagmarga tegishli va Silver darhaqiqat undan ko‘ra bir soat ko‘proq qo‘shiq aytdi. Ammo rekordlar kitobi vakillari uning natijasini qabul qilmadi. Chunki Silver qo‘shiqlar oralig‘ida ikki daqiqa to‘xtab qolgan. Reglamentga ko‘ra esa 30 soniyadan ortiq to‘xtash mumkin emas.

Bu dominikanlik «baxshi»ning rekord o‘rnatishga bo‘lgan ikkinchi urinishi edi. Karlos Silver to‘xtab qolmoqchi emas va yana urinib ko‘radi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring