Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Charlz III ga toj kiydiriladigan sana e’lon qilindi

Charlz III ga toj kiydiriladigan sana e’lon qilindi

Foto: AP

Britan matbuoti Charlz III ga toj kiydiriladigan sanani aniqladi: hukumat manbalaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, tantanali marosim 2023-yilning 3-iyun kuni Vestminster abbatligida o‘tkaziladi.

Ta’kidlanishicha, Bukingem saroyi toj kiydirish marosimi sanasi haqidagi axborotga izoh berishni rad etdi, biroq Britaniya hukumatida toj kiydirish marosimigacha va undan keyin qaysi kunlarni dam olish kunlari sifatida belgilash masalasi muokama qilinayotgani ko‘p narsaga oydinlik kiritadi.

Qirolicha Yelizaveta II vafotidan so‘ng uning o‘g‘li shahzoda Charlz yangi monarx (Charlz III) deya e’lon qilindi. Uning rafiqasi Kamillaga esa qirolicha-konsort maqomi berildi.

Yelizaveta II Buyuk Britaniya tarixida eng uzoq (70 yildan ziyod) hukmronlik qilib tarixda qolgandi. Rekord o‘rnatish navbati o‘g‘liga — Charlz 2023-yilning iyunida 74 yoshini qarshilaydi: mamlakat tarixidagi eng yoshi ulug‘ toj kiygan monarxga aylanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring