Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Xorvatiyada ham saylov — kim prezident bo‘ladi?

Bugun Xorvatiyada ham saylov — kim prezident bo‘ladi?

Foto: «Trend.az»

Bugun, 22-dekabr kuni Xorvatiyada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda, «Večernji List» gazetasi xabariga ko‘ra, qariyb 3,9 million nafar saylovchi ro‘yxatga olingan.

Saylov uchastkalari soat 9:00 dan 21:00 gacha ishlaydi.

Prezidentlik uchun 11 nafar siyosatchi kurashyapti. Xususan, amaldagi prezident — Kolinda Grabar-Kitarovich, sobiq bosh vazir, Sotsial-demokratik partiya yetakchisi Zoran Milanovich hamda musiqachi Miroslav Shkoro.

Foto: «Balkanist»

Saylov komissiyasi dastlabki natijalarni ovoz berish tugaganidan bir soat o‘tib e’lon qiladi. Agarda bugun hech bir nomzod 50 foizdan ortiq ovoz to‘play olmasa, eng yaxshi ovoz to‘plagan ikki nomzod uchun ikki haftadan so‘ng saylovning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun: Xorvatiya tarixida birinchi marta 2015-yili ayol kishi — Kolinda Grabar-Kitarovich prezident bo‘lgandi. O‘sha yilgi saylovda u yetarlicha ovoz to‘plash uchun ikkinchi bosqichda ham kurashgan, o‘shanda saylovchilarning 50,47 foizi Grabar-Kitarovichga, amaldagi prezident Ivo Yosipovichga esa 49,53 foizi ovoz bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring