Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Boshqacha Amerika»: bolasini pora bilan o‘qishga kiritgan ota-onalarni 20 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda

«Boshqacha Amerika»: bolasini pora bilan o‘qishga kiritgan ota-onalarni 20 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda

Uilyam Singer.

Foto: «SFGate»

AQShdagi bir qator nufuzli universitetlar ulkan mojaro markazida qoldi. O‘nlab ota-onalar farzandlarini pul bilan o‘qishga kiritishda ayblanyapti, ular orasida aktrisalar — Lori Laflin hamda Felisiti Xaffman ham bor. Bu haqda «Euronews» yozmoqda.

«Associated Press» xabariga ko‘ra, aktrisa Felisiti Xaffman chorak million dollarlik garov puli evaziga erkinlikka chiqarilgan.

Tergov ma’lumotlariga qaraydigan bo‘lsak, ota-onalar universitetlar xodimlariga farzandlariga o‘qishga kirishda yordam berishlari uchun konsalting kompaniyasi orqali pora berishgan. Ayrim abituriyentlar garchi sport bilan shug‘ullanishmasada, pora olinganidan so‘ng universitetlar sport jamoalariga chaqirilgan. Ayblanuvchilar orasida murabbiylar ham bor.

«Biz qizi yoki o‘g‘lining o‘qishga kirish imkonini oshirish uchun maktabga binolar xayriya qilinishi haqida gapirmayapmiz. Biz yolg‘on va firib guvohi bo‘lyapmiz. Soxta imtihon natijalari, soxta sport guvohnomalari, soxta fotosuratlar, kollejning sotib olingan amaldorlari».

Endryu Lelling,
Massachusets shtati prokurori

Korrupsiya ishiga, xususan, baobro‘ Stenford, Yel hamda Kaliforniya universitetlari aralashib qolgan. Berilgan pora miqdori bir necha yuz ming dollargacha ekani taxmin qilinmoqda. Bu ishlarning boshida turgan shaxs — konsalting kompaniyasi rahbari Uilyam Singer. U mijozlarining buyurtmasini bajarish uchun universitetlar xodimlarini tez-tez «sotib olganiga» iqror bo‘ldi.

«Reuters» yozishicha, Singer va boshqa ayblanuvchilar, xususan, o‘ziga to‘q ota-onalar 20 yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring