Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Borrel Falastin uchun muhim yangilikni e’lon qildi

Borrel Falastin uchun muhim yangilikni e’lon qildi

Jozep Borrel.

Foto: Reuters

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Jozer Borrel Ispaniya va Irlandiya 21-may kuni Falastin davlatini tan olishi haqida bayonot berdi.

«Bu siyosiy xarakterdagi ramziy harakat. Bu davlatni tan olishdan ham kattaroq narsa, bu davlatning mavjud bo‘lishga irodasini tan olishdir», — Borreldan iqtibos keltirdi Reuters.

Shundan so‘ng Belgiya va boshqa mamlakatlar ham tegishlicha qarorga kelishlari mumkin, dedi Borrel. Ma’lumotlarga ko‘ra, Falastinni BMTga a’zo 193 mamlakatning 139 tasi tan olgan.

Ta’kidlanishicha, bugun BMT Bosh assambleyasi Falastinning to‘laqonli a’zolikka arizasini ma’qullashi kutilmoqda, bu falastinliklarga 2024-yilning sentyabridan ayrim huquq va imtiyozlarni beradi. Biroq, garchi BMT majlislar zali a’zolari orasida o‘tirishsa-da, falastinliklar tashkilotda ovoz berish huquqiga ega bo‘lishmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring