Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden Putinga: «Biz orqaga qaytmaymiz»

Bayden Putinga: «Biz orqaga qaytmaymiz»

AQSh prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga murojaat qilib, amerikaliklar Ukrainadagi mojaro masalasida orqaga chekinmasligini bildirdi.

Bayden Amerika parlamentidan Ukrainaga yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi ikki qonun loyihasini imzolash uchun taqdim etishni so‘radi. Kongress 2023 yilning kuzidan beri hujjat bo‘yicha kelisha olmayapti.

«Men Kongressga shuni aytaman: biz Putinga qarshi turishimiz kerak. <...> Tarix kuzatilmoqda. Agar AQSh chekinsa, [бу] Ukrainani, Yevropani, erkin dunyoni xavf ostiga qo‘yadi va bizga yomonlik tilaganlarga dalda bo‘ladi. Prezident Putinga murojaatim oddiy. Biz orqaga chekinmaymiz, taslim bo‘lmaymiz», - dedi u.

AQSh prezidenti Ukrainadagi mojaroga amerikalik qo‘shinlarning aralashishiga keskin qarshi ekanini qo‘shimcha qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring