Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Azaga aylangan xalq bayrami – Myanma

Azaga aylangan xalq bayrami – Myanma

Foto: «AFP 2021 / Sahai Eain»

Myanmaning Mon shtati Kyaykxami shahrida sohildan bir necha yuz metr uzoqlikda joylashgan orolda barpo etilgan ibodatxonada Kyaykxami Yey Le bayrami chog‘ida dengiz to‘lqinlari oqizib ketishi oqibatida 15 kishi suvga g‘arq bo‘ldi. Bu haqda yakshanba kuni Myanma Eleven Media media guruhi saytida xabar berildi.

Har yili o‘tkaziladigan ibodatxona bayramida yuzlab Mon shtati aholisi va Myanmaning boshqa shtatlaridan kelgan ziyoratchilar materikdan ibodatxona oroliga olib boriladigan toshdan yasalgan o‘tish joyi o‘rtasiga yetganda fojia yuz bergan, deb yozadi nashr.

Odatda suv ibodatxonaga o‘tayotgan odamlarning to‘piqlarigacha, ba’zan tizzalarigacha ko‘tariladi. Bayram kuni ushbu yo‘ldan o‘tuvchilardan tashqari ziyoratchilarni ibodatxonaga olib borish uchun qayiqlar xizmatda bo‘lishgan.

Xabarda aytilishicha, bir nechta ziyoratchilar tosh yo‘l yaqinidan o‘tib ketayotgan qayiqqa chiqishga uringanlarida, yana bir qayiq to‘qnashib ketgan. Ikkala qayiq ham halokatga uchragan, natijada odamlar suvga tushib ketgan va ularning ko‘pchiligini to‘lqinlar oqizib ketgan.

Noxush xabar e’lon qilingan vaqtda qutqaruvchilar sakkiz kishini qutqarib qolishga va 15 qurbonning jasadini suvdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi: bir buddist rohib, ikki erkak va 12 ayol, jumladan, 9 yoshli qiz, deb yozadi sayt mahalliy aholi ma’lumotlariga tayanib.

Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, birga kelgan ziyoratchilarning ayrim guruhlari qutqaruvchilarga o‘z guruhlaridan bir necha kishi bedarak yo‘qolganligini aytishgan.

Mon shtatidagi qutqaruv operatsiyasida hozirda harbiylar, politsiya, o‘t o‘chiruvchilar, Qizil Xoch xodimlari va mahalliy ko‘ngillilar ishtirok etmoqda, deb xabar beradi Eleven Media.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring